Ochilish marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Baxtiyorovich Rajabov so‘zga chiqib, ZARMED Universitetida tashkil etilayotgan xalqaro konferensiyalar mamlakatimiz oliy ta’lim tizimi, ilmiy salohiyati va xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlashda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.
Shundan so‘ng, Qobilov Rustam Rajabboyevich — Samarqand viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari nutq so'zlab, hududda ilmiy-ma’rifiy tadbirlar, xalqaro aloqalar hamda zamonaviy ta’lim tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari haqida fikr bildirdi.
ZARMED Universiteti ta’sischisi, ZARMED Group kompaniyasi direktori Shukrullayev Dilshod Dalerovich — so‘zga chiqib, bugungi kunda ilm-fan, ta’lim va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish har qachongidan ham muhim ekanini ta’kidladi. Shuningdek, ZARMED Group kompaniyasining kelgusi yillardagi rejalari bilan ishtirokchilarni tanishtirib o'tdi.