Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...
ZARMED UNIVERSITY · ILMIY JURNAL
Biotibbiyot va bioinjeneriya yoʻnalishidagi taqrizlanadigan ilmiy jurnal
Innovatsion biotibbiyot va bioinjeneriya
Biotibbiyot va bioinjeneriya yoʻnalishidagi taqrizlanadigan ilmiy jurnal
Innovatsion biotibbiyot va bioinjeneriya jurnali 2025-yilda taʼsis etilgan. 2026-yil 15-may sanasida Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan №1585009-sonli guvohnoma olgan. Jurnal taʼsischisi — Zarmed Universiteti MChJ.
Maqsad. Jurnalning maqsadi — universitetning tibbiyot va bioinjeneriya tarmoq fanlari yoʻnalishlarida olib borilayotgan dolzarb ilmiy-innovatsion izlanishlar salohiyatini va samaradorligini yanada yuksaltirish, ilm-fan yutuqlarini keng targʻib qilish, yangi texnologiyalarni amaliyotga joriy etish hamda tadqiqotchilar va soha olimlarining ilmiy faoliyatiga har tomonlama koʻmaklashishdan iborat.
Jurnal vazifalari
Maqsadli auditoriya
Olimlar va shifokorlar, biotibbiyot fanining tegishli sohalari (biokimyo, patofiziologiya, genetika, gematologiya, onkologiya, jarrohlik, yuqumli kasalliklar, virusologiya va boshqalar) mutaxassislari.
Shukurlayev Dilshod Dalerovich
Bosh muharrir — Zarmed Universiteti MChJ Bosh direktori
Indiaminov Sayit Indiaminovich
Tibbiyot fanlari doktori, professor
Dalerov Akbarxon Dilshodovich
Zarmed Universiteti MChJ direktori
Xaydarova Dilorom Safoyevna
Masʼul kotib — tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent
Tahririyat hayʼati aʼzolari
Texnik muharrir: Tilovov Suhrobjon Boynazarovich
Maqolalarni taqdim etish qoidalari
Jurnal dalillarga asoslangan tibbiyot tamoyillariga muvofiq bajarilgan yuqori sifatli ishlarni nashrga qabul qiladi. Mualliflar taqdim etilgan ilmiy materiallarning mazmuni uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq toʻliq javobgar boʻladilar.
Maqola Times New Roman shriftida, shrift oʻlchami 14, qatorlar oraligʻi 1,5 oʻlchamda boʻlishi kerak. Sahifa formati — A4, chap cheti — 3 sm, boshqa chetlari — 2 sm. Barcha sahifalar raqamlangan boʻlishi kerak.
Qoʻlyozma imlo va tinish belgilariga diqqat bilan tekshirilishi kerak. Maqolaning butun matn qismi (sarlavha sahifasi, xulosa, kalit soʻzlar, matn, jadvallar, adabiyotlar roʻyxati, mualliflar haqidagi maʼlumotlar) bitta MS Word faylida boʻlishi va fayl birinchi muallif familiyasi bilan nomlanishi kerak.
Original maqolalar hajmi 8–12 bet, adabiyot sharhi — 10–15 bet, taqrizlar va axborot xabarlari 3 sahifadan oshmasligi kerak. Rus tilidagi maqolalar uchun metamaʼlumotlarning ingliz tiliga tarjimasi talab qilinadi.
Maqola yubormoqchimisiz?
Maqolalar jurnalning rasmiy portali orqali qabul qilinadi.
Barcha sonlar va chop etilgan maqolalar toʻliq arxivi jurnalning rasmiy portalida mavjud.