17-aprel kuni ZARMED Universitetining Samarqand kampusida “Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya yuqori saviyada tashkil etildi.
🌍 Tadbirda 20 ga yaqin turli davlatlardan tashrif buyurgan 100 dan ortiq professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar o‘zaro tajriba almashib, dolzarb masalalar yuzasidan fikr yuritdilar.
ZARMED Universiteti xalqaro ilmiy maydonda o‘z nufuzini mustahkamlab, yosh tadqiqotchilar uchun keng imkoniyatlar yaratishda davom etmoqda.