2026-yil 29-may kuni ZARMED Universitetining navbatdagi Kengash yig‘ilishi online va offline formatda o‘tkazildi.
Yig‘ilishda universitetning akademik faoliyati, ta’lim sifati, ilmiy-tadqiqot ishlari, qabul jarayonlari hamda rivojlanish istiqbollari bilan bog‘liq masalalar muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
Shuningdek, professor-o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan darslik, o‘quv qo‘llanma va monografiyalar nashrga tavsiya etildi hamda bir qator nomzodlarni dotsent ilmiy unvoniga tavsiya etish bo‘yicha qarorlar tasdiqlandi.