Ushbu bayramona dastur davomida mehmonlarga o‘zbek xalqining boy madaniy merosi, mehmondo‘stligi va milliy an’analari keng namoyish etildi. Ayniqsa, sayl jarayonida milliy taomlarimiz — sumalak, somsa va boshqa an’anaviy taomlarning tayyorlanish jarayonlari alohida ko‘rsatib berildi. Bu esa mehmonlarda nafaqat katta qiziqish uyg‘otdi, balki yurtimizning gastronomik madaniyati bilan yanada yaqindan tanishish imkonini ham yaratdi.
Mazkur Navro‘z sayli konferensiya ishtirokchilari uchun nafaqat bayramona kayfiyat ulashdi, balki O‘zbekistonning boy madaniyati, qadriyatlari va milliy an’analarini xalqaro mehmonlarga yaqindan tanishtirishga xizmat qildi.