Konferensiya doirasida 20 ga yaqin turli korxona va tashkilotlar ishtirokida ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi.
🖥 Ushbu ko‘rgazma International Digital Technology Exhibition “TECHNOLOGIES OF THE THIRD RENAISSANCE” mavzusi asosida tashkil etilib, unda zamonaviy raqamli texnologiyalar, innovatsion ishlanmalar va istiqbolli loyihalar namoyish etildi.
Mazkur tashabbus ZARMED Universitetida nafaqat ilmiy muhokamalar, balki amaliy innovatsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni targ‘ib etishga ham alohida e’tibor qaratilayotganini ko‘rsatdi.