ZARMED Universitetining Samarqand kampusida bo‘lib o‘tgan “Fundamental tibbiyot: yutuqlar va istiqbollar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida ZARMED Universiteti hamda Tojikiston Respublikasining Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur memorandum ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida tibbiyot ta’limi, ilmiy tadqiqotlar, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, qo‘shma ilmiy loyihalar hamda xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Hamkorlik kelgusida tibbiyot sohasida zamonaviy bilim va tajriba almashish, ilmiy salohiyatni oshirish hamda yosh tadqiqotchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratishda muhim qadam bo‘ldi.