ZARMED Universiteti Buxoro kampusi talabasi Yusupov Saidaliakbar Slovakiyada bo‘lib o‘tgan nufuzli Combat Ju-Jutsu European Open Championship musobaqasida yuksak natija qayd etdi.
U 77 kg vazn toifasida munosib ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi va chempionlik shohsupasiga ko‘tarildi.
ZARMED Universiteti jamoasi nomidan Yusupov Saidaliakbarni ushbu yorqin g‘alaba bilan samimiy muborakbod etamiz va kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!