Zarmed universiteti 2026-2027 o'quv yili uchun abituriyentlarni o'qishga qabul qilish jarayonini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida qabul komissiyasi o'z faoliyatini boshladi. Universitet direktorining 2026-yil 3-iyundagi 668-sonli buyrug'iga asosan, qabul jarayonini shaffof va adolatli tashkillashtirish uchun barcha tashkiliy choralar ko'rilmoqda.
Asosiy ma'lumotlar va yangiliklar:
• Universitetning Samarqand kampusida qabul komissiyasi hamda "Qabul-2026" shtabi tarkibi rasman tasdiqlandi.
• Abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga tezkor javob berishlarini ta'minlash uchun maxsus "Call-markaz" tashkil etildi.
• 2026-2027 o'quv yili uchun bakalavriat ta'lim yo'nalishlarining kunduzgi ta'lim shakli va magistratura mutaxasisliklariga qabul amalga oshirilmoqda.
• Abituriyentlar uchun taklif etilayotgan yo'nalishlar qatorida Pedagogika, Psixologiya, Maktabgacha va Boshlang'ich ta'lim, Filologiya (ingliz, rus, koreys, turk tillari), Iqtisodiyot, Davolash ishi, Stomatologiya, Farmatsiya, Kompyuter ilmlari va dasturlash, Qurilish muhandisligi, Arxitektura, Turizm va boshqa yo'nalishlar mavjud.
Abituriyentlar qabul ofisida ro'yxatdan o'tishlari, yo'nalishlar bo'yicha imtihon fanlari majmuasi bilan tanishishlari hamda tegishli mutaxassislardan maslahatlar olishlari mumkin.
Faylni yuklab olish:
https://drive.google.com/file/d/14JycCdsDzf0nfZ9p5UBrRwnSKIfLfGkD/view?usp=drive_link