ZARMED Universitetining Samarqand kampusida bo‘lib o‘tgan “Fundamental tibbiyot: yutuqlar va istiqbollar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya yakunida ZARMED Group tarkibidagi Oasis Garden restoranida maxsus tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida konferensiyaning faol ishtirokchilari, professor-o‘qituvchilar, olimlar, hamkorlar taqdirlandi.
Mazkur yakuniy tadbir ilmiy muloqot, hamkorlik va samimiy uchrashuvlar uchun qulay muhit yaratib, konferensiya davomida shakllangan xalqaro aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
ZARMED Universiteti ilm-fan, tibbiyot ta’limi va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida bunday nufuzli ilmiy tadbirlarni izchil davom ettiradi.