Tadbir davomida xorijiy va mahalliy ishtirokchilar yurtimizning qadriyatlari, urf-odatlari va mehmondo‘stlik an’analari bilan yaqindan tanishdilar. Milliy taomlar tayyorlanishi, ayniqsa sumalak va somsaning an’anaviy usulda pishirilishi jarayoni mehmonlar e’tibor markazida bo‘ldi.
Bu nafaqat bayram, balki O‘zbekiston madaniyatini his qilish, uni bevosita ko‘rish va tatib ko‘rish imkonini bergan jonli tajribaga aylandi. ✨