ZARMED Universitetining Samarqand kampusida bo‘lib o‘tgan “Fundamental tibbiyot: yutuqlar va istiqbollar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida tibbiyot, biologiya, farmatsiya, amaliy sog‘liqni saqlash, translyatsion tibbiyot, fiziologiya va patofiziologiya yo‘nalishlariga bag‘ishlangan 4 ta ilmiy seksiya faoliyati tashkil etildi.
— 1-seksiya: “XXI asr biotibbiyoti, biologik, tibbiy kimyo va farmatsiya – tibbiyot uchun kashfiyotlar va yutuqlar”
— 2-seksiya: “Amaliy sog‘liqni saqlashning dolzarb muammolarini hal qilishda fundamental fanlarning yutuqlari va translyatsion tibbiyotning imkoniyatlari”
— 3-seksiya: “Amaliy tibbiyot – dolzarb muammolar va yutuqlar”
— 4-seksiya: “Fiziologiya va patofiziologiya amaliy tibbiyot xizmatida”
Seksiyalar davomida professor-o‘qituvchilar, olimlar, tadqiqotchilar va mutaxassislar zamonaviy tibbiyotning dolzarb masalalari, fundamental fanlarning amaliyotdagi o‘rni hamda ilmiy yutuqlarni sog‘liqni saqlash tizimiga tatbiq etish bo‘yicha fikr almashdilar.