ZARMED Universiteti Buxoro kampusida buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
📚 Tadbir davomida talabalar va ustozlar tomonidan Sohibqironning boy tarixiy merosi, davlat boshqaruvidagi yuksak salohiyati hamda yoshlar tarbiyasidagi o‘rni haqida fikrlar bildirildi.
🎤 Shuningdek, sahna chiqishlari, she’rlar va taqdimotlar orqali Amir Temur siymosi yana bir bor yuksak ehtirom bilan yod etildi.
💡 Mazkur tadbir talabalarda milliy qadriyatlarga hurmat, tarixiy xotiraga sadoqat hamda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.